Dissertatsiya kafedra muhokamasida
Ilmning qiymati uning amaldagi ifodasi bilan. Ana shundagina natija va samaradorlik tushunchalari oʻz mohiyatini namoyon etadi. Navbatdagi dolzarb mavzudagi dissertatsiya muhokamasida ana shu masalalarga eʼtibor qaratildi.
“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi 3 - bosqich doktoranti t.f.n. Pirimov Odil Joʻrayevich 2018 yil 28 dekabr kuni oʻzining “Urugʻlik chigitni ekologik sof zararsizlantirish uchun elektr texnologiya va texnik vositalarni yaratishning ilmiy – texnik asoslari” mavzusidagi 05.05.07 – “Qishloq xoʻjaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini kafedra muhokamasidan oʻtkazdi.
Muhokamada 19 kishi ishtirok etdi. Jumladan, OʻzRFA akademigi, t.f.d. Zaxidov R.A.,Krakov universiteti tadqiqotchisi, t.f.d., prof. Tursunov O.B.,t.f.d., prof. Isaqov A.J., t.f.d., prof. Yusubaliyev A.,“Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi direktori oʻrinbosari t.f.d., prof. Ishnazarov O.X., t.f.d., SKB boshqarma boshligʻi t.f.d., prof. Xudayarov M.B.lar oʻz mulohazalari bilan oʻrtoqlashishdi.
ET va KTEM kafedra mudiri D.B.Qodirov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov