Ustozlikni sharaf deb bilib
Kelajagi buyuk vatanimiz uchun sog‘lom hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi fidoyi mehnatlari uchun o‘qituvchi va murabbiylarga har qancha tasannolar aytsak, ta’zim qilsak arziydi. El – yurtimizning kelajagi, hayot – mamotini hal qiluvchi, ta’lim hamda tarbiya sohasiga bamisoli jon bag‘ishlayotgan o‘qituvchi murabbiylar qudratli kuchdir. Umri davomida bunday sohada faoliyat olib borayotgan ustozlarni mashaqqatli hamda mac’uliyatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish olijanoblikdir.
Shunday insonlar qatorida bo‘lgan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi professori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlar doktori, akademik Shukurulla Ubaydullaevich Yuldashev ham O‘zbekiston fahriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab – quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2018 yil 25 sentyabrdagi 5 – sonli qaroriga asosan “Mehnat faxriysi” 1 – darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Hurmatli akademik Shukurulla Ubaydullaevich Yuldashevni sazovor bo‘lgan mukofoti bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat – salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz va vatanimiz rivoji yo‘lida olib borayotgan ishlariga kelgusida zafarlar tilaymiz.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov