Xorijlik mutaxassisning seminar mashg‘uloti
Bugungi kunda institutimizda ta’lim, innovatsiya, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan talabning yuqori darajaga ko‘tarilganligi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Talaba yoshlarni o‘z sohalarining rivoji uchun jalb qilish, ularning olayotgan bilimlarini amaliyotga tadbiqi yuzasidan ko‘plab seminarlar, ekskursiyalar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri 2019-yilning 27-sentyabr kuni institut kutubxonasining videokonferensiyalar zalida Shimoliy Amerikaning Kanada shtatidan tashrif buyurgan Kiselyov Sergey tomonidan “Drenajnыy Akt Provinsii Ontario osnovnыe aspektы i primenenie” mavzusi ostida seminar mashg‘ulot ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulot “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri professor Begmatov Ilhom Abduraimovich boshchiligida o‘tkazildi.
Shunigdek, seminar mashg‘ulotda “Gidromelioratsiya” fakulteti kadefralari professor-o‘qituvchilari, bakalavr hamda magistratura bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar. Kiselyov Sergey o‘z ma’ruzasida nafaqat drenaj tarmoqlarining qurish usuli haqida balki, mahalliy dehqonlar o‘rtasida ushbu tarmoqlar uchun ketadigan sarf-x-harajatlar va ularning taqsimlanishi yuzasidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar, ularning natijalari haqidagi amaliy tajribalarini ham baham ko‘rdilar. Seminar yakunida barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.
«I va M» kafedrasi professori I.A. Begmatov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov