Talabalar uchun bayram oshi
Xabaringiz bor, yangi 2020-yil kirib kelishi hamda yangi yil bayram tadbirlari Respublikamizning barcha hududlarida davomiy bo‘lmoqda, xalqimiz xursandchilik va tinchlik bilan ushbu yilni kutib oldi. Shuningdek, joriy o‘quv yilida Oliy ta‘lim muassasalari talabalarining qishki ta‘tili 2019-yilning 20-dekabrdan 2020-yilning 6-yanvariga qadar muddatda belgilangan edi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarini yangi yil bilan tabriklash hamda ta‘tildan qaytgan talabalarning 2020-yil birinchi o‘qish kunini boshlash oldidan institut rahbariyati har bir Talabalar turar joyida alohida jami 130 kg osh tayyorlanib, tarqatildi.
Talabalarni ko‘tarinki kayfiyat bilan institut rahbarlari, fakultet rahbarlari kutib olishdi. Har bir xonaga osh tarqatildi. Yangi yilda yangi o‘quv jarayoni boshlanishi oldidan bu oddiygina e‘tibor talabalar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ushbu xayrli ishni amalga oshirgan, talabalarga bo‘lgan hurmatni ko‘rsatib bergan, institut rahbariyatiga barcha talabalar nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz. Barchani yana bir bor yangi yil bilan tabriklaymiz. Institut jamoasini o‘qish va ishlarida omad tilab, yangi yilda ulkan marralarni bosib o‘tish barchamizga nasib etsin deb qolamiz.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov