Oila tarbiya va eʼtiqodga tayanadi
TIQXMMI maʼruzalar zalida 2019 yil 5 aprel kuni soat 15:00 da “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari uchun “SXTE va B” fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari J.Turdiyev hamda Institut xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Hafizova hamkorligida “Talaba yoshlar oʻrtasida diniy-maʼrifiy va Oilada farzand tarbiyasi va oʻgitlar” mavzusida Toshkent shahar Bosh imom xatibi oʻrinbosari, “Islom ota” jomeʼ masjidi imom xatibi Jasurbek Raupov ishtirokida maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida Imom xatib talaba yoshlarni Oila muqaddas qoʻrgʻon, Er-xotin munosabatlari, farzandlar va ota-onalar oʻrtasidagi goʻzal xulq-atvor, shukronalik, kattalarga va ustozlarga hurmat va ehtirom xususida Qurʼoni karim va hadislar hamda diniy kitoblarda keltirilgan rivoyatlar, hayotiy misollar orqali yoshlar tafakkuri va shuuriga yetkazish borasida oʻz fikr va mulohazalari, oʻgitlari va pand-nasihatlari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, bugungi kunda oilaviy ajrimlar xususida toʻxtalib, yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar va har-xil madaniyatimiz va maʼnaviyatimizga zid saytlar va ular orqali tagʻib qilinayotgan yot gʻoyalardan saqlanish va ehtiyotkorlik va hushyorlikka undash boʻyicha oʻz qimmatli fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Uchrashuv qizgʻin savol-javoblar tarzida oʻtdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov