“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni muborak!
Kelajagi buyuk vatanimiz uchun sog‘lom hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi fidoyi mehnatlari uchun o‘qituvchi va murabbiylarga har qancha tasannolar aytsak, ta’zim qilsak arziydi. El – yurtimizning kelajagi, hayot – mamotini hal qiluvchi, ta’lim hamda tarbiya sohasiga bamisoli jon bag‘ishlayotgan o‘qituvchi murabbiylar qudratli kuchdir. Umri davomida bunday sohada faoliyat olib borayotgan ustozlarni mashaqqatli hamda mac’uliyatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish olijanoblikdir.
Shunday insonlar qatorida bo‘lgan “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Djamolov Kamoliddin aka O‘zbekiston fahriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab – quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2019 yil 20 martdagi 6 – sonli qaroriga asosan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Hurmatli ustoz Kamoliddin Djamolovni sazovor bo‘lgan mukofoti bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat – salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz va vatanimiz rivoji yo‘lida olib borayotgan ishlariga kelgusida zafarlar tilaymiz.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov