Munosib rag‘bat
Prezidentimizning 5 ta tashabbusi ijrosi bilan bog‘langan holda tashkil etilgan TIQXMMI "Harbiy kafedra" pedagoglari jamoasi tashabbusi asosida "Yoshlar - navqiron avlod manfaatlarining haqiqiy himoyachilari!" mavzusida kursantlar o‘rtasida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Yakshanba kuni o‘tkazilgan ushbu tadbirda kafedra kursantlari o‘zlarining ilmiy salohiyatlari va harbiy tayyorgarlik mashqlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozondi.
Shu munosabati bilan "Harbiy kafedra" boshlig‘i podpolkovnik R. Minlishev tomonidan kursantlar o‘rtasidagi tadbirni yuqori saviyada tashkil etganligi uchun institut Matbuot kotibi, ustoz Rahimboy Jumaniyozov va kaminani TAShAKKURNOMA bilan taqdirlagani bizni yanada ruhlantirdi. Kelgusi yakshanba kuni, 7 iyulda ham xuddi shunday ruh va mazmundagi tadbir rejalashtirilgan. Barchani ishtirok etishga chorlaymiz.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti