Ilmiy-tadqiqot ishlari va olingan natijalarni tijoratlashtirish bo‘yicha Belarus tajribasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq xo‘jalik” mashinalari kafedrasi mudiri, t.f.d. Astanaqulov Komil Dullievich Belarus Respublikasi ilg‘or tajribasini o‘rganish, olimlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni o‘rnatish maqsadadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan guruh tarkibida 2019 yil 18 noyabrdan 28 noyabrgacha muddatda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida K.Astanaqulov Belarus Milliy fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, ilmiy-texnik loyihalar ekspertizasi, bajarilishi monitoringi va olingan natijalarni tijoratlashtirishni tashkil etish ishlari bilan tanishdi, bu boradagi Belarus Respublikasi tajribasini o‘rganib, tajriba orttirdi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashtirib keldi. Xizmat safari yakunida K.Astanaqulovga Belarus Milliy fanlar akademiyasi Ilmiy kadrlarni tayyorlash institutining “Ilmiy-tadqiqot sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarning stajirovkadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnomasi berildi.
“QXM” kafedrasi mudiri K.Astanaqulov