Faxr-u iftixor manbai
2019 yil 04 dekabrь kun 2-ma’ruzalar zalida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Q.Choriev, “Gidrotexnika qurilishi” fakulьteti dekani B.B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.I.Azimov, B.A.Normo‘minov, S.B.Ro‘ziev, A.B.Xalimbetov, “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi B.Qandov hamda fakulьtetda ta’lim olayotgan 125 nafar talabalar ishtirokida “8 dekabr-Konstitutsiya kuni” munosabati bilan “Qomusimiz-faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ma’ruzachi, Konstitutsiya (lot. Constitution – tuzilish, tuzuk) – davlatning asosiy qonuni ekanligi va u davlat tuzilishini, hokimiyat, boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab berishi hamda Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan bog‘liq sa’y-harakatlar, xususida ma’lumotlar berib qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashdi. Ma’ruzachi talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
“GTQ” fakulьteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov