Ayol borki, olam munavvar
Kurrai zaminning turli mintaqalarida tabiat ayol ruhini o‘ziga xos tarbiyalaydi. Tabiiyki, o‘zbek ayolini ham o‘zbek yurti o‘z panohida voyaga yetkazgan. Muhimi shundaki, murakkab jamiyat muammolaridan tortib, oilaviy tashvishlar va boshqa masalalarni o‘zbek ayoli zakovati hal eta olishga qodirdir. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy bejiz: O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab, chun sarvinozim o‘z sakkiz yoshindadur, - deya lutf qilmaganlar. Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejiz yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz.
Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda. E’tiborli jihati shundaki bayram tadbirida institutmiz prorektori T.Sultonov hamda YRB fakulteti dekani tomonlaridan fakultetimiz jamoasi ayollarini bayramlari bilan qutlar ekan, ularga sog‘lik-salomatlik tilab va o‘z mehnati va fidoiyligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xotin-qizlarga estalik sovg‘alarini topshirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati