Prezident sovg‘asi — 1 xonali uylar Yosh olimlarga
Zahmat chekmaguncha rahmat eshitilmasligi aniq. O‘zining ilmy salohiati bilan ajralib turadiignlarni rag‘batlantish yurtimiz taraqqiyotini ta'minlashdagi eng to‘g‘ri yo‘l va dadil qadamdir. Rag‘bat e'tiborning nishonasi. O'zFA Genomika va bioinformatika markazi doktorantlariga prezident sovg‘asi — 1 xonali uylarning topshirilishi quvonchli hodisa. Harakatimizga berilgan baho hamdir. 3 - iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tayanch doktoranturasida tahsil olayotgan Feruza Bobojonova, Naim Xuseinov va Jo‘rabek Norbekovga Prezident sovg‘asi — 1 xonali uylarning kalitlari topshirildi. Yosh olimlarga kalitlarni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning taqdim etishi ham e'tiborga molik.
Hozirda Naim Xuseinov markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasini qo‘llagan holda g‘o‘zaning vilt kasalligiga chidamli nav va liniyalarni yaratish ustida tadqiqotlar olib borayotgan bo‘lsa, Feruza Bobojonova kartoshkaning gen-nokaut texnologiyasi asosida yangi istiqbolli liniyalarini olish bo‘yicha tadqiqot ustida ish olib bormoqda. Jo‘rabek Norbekov esa DNK barkodlash texnologiyasi yordamida mahalliy bug‘doy navlarining genetik pasportini ishlab chiqmoqda. Mazkur pasport seleksioner olimlarning yaratgan navlarining mualliflik huquqini himoya qiladi, olimlar tomonidan bilib-bilmay o‘simliklarning bir xil navlarini yaratishlarining oldi olinadi hamda navlarning xilma-xil bo‘lishiga xizmat qiladi. Genomika va bioinformatika markazining prezidentdan sovg‘a olgan doktorantlari o‘z ilmiy ishlari, tadqiqotlari, maqola va izlanishlari uchun ko‘plab tanlovlarda g‘oliblikni kiritgan umidli yosh olimlardan. Xususan, Feruza Bobojonova 2014 va 2018 yillari yilning eng faol yosh olimi deb tan olingan.
Yosh olimlarga prezidentimiz tomonidan sovg‘a sifatida uylarning kalitining topshirilishi bir tomondan ularga bo‘lgan ishonch bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilm-fan bilan shug‘ullanish arafasida turgan yoshlar uchun ibrat ham bo‘ldi. Yurtimizda intellektual mehnatning qadrlanishi, o‘z iqtidori, bilim va kuchini xalqimiz uchun foyda keltiradigan tadqiqotlarga sarflagan insonlarning e’zozlanishi innovatsiyalar asrida mamlakatimizning shiddat bilan rivojlanishiga zamin yaratishiga shubha yo‘q. Prezidentimiz sovg‘asiga musharraf bo‘lgan ikkita doktorantimiz haqida alohida ma'lumot keltirish maqsadga muvofiq.
Yarashov Javlonbek Adamboevich institutimizning “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi tayanch doktoranti U 1985 yilda tug‘ilgan, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Bino va inshootlar” ta’lim yo‘nalishini 2007 yilda tamomlab, shu institutning “Selga qarshi va o‘zanni rostlash inshootlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani 2009 yilda tugatgandan keyin, u yosh mutaxassis sifatida institumizning “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasida assistent lavozimida ishlash uchun ishga qoldirilgan. U hozirgacha shu kafedrada ishlash bilan birga “Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida QX-A-QX-2018–294 “Bir jinsli bo‘lmagan strukturali gidrotexnika inshootlarini dinamik mustahkamlikka baholash va ularni nazariy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat grantida kichik ilmiy xodim sifatida ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashib kelmoqda. Yarashov J.A. “Gruntning qovushqoq-elastik va elastik-plastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini baholash” mavzusi borasida PhD dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borib, hozirga qadar 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan va yaratgan EHM dasturlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 9 ta mualliflik guvohnomalarini olgan. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida 2 ta dalolatnoma olgan. U 8 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar muallifidir. Oilali, 2 nafar farzandning otasi.
Yarashov Javlonbek Adamboevich, pedagog sifatida “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi” va “Qurilish mexanikasi” fanlaridan amaliyot darslarni o‘zini ravon tilida tushuntirishi bilan talabalarga bilim berib kelmoqda. Yunusov Iskandar Orifovich Institutimizning 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti. U 1980 yil 7 noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2001 yil TIQXMMIning “Suv xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriaturani a’lo baholarga tugatgan. 2003 yil mazkur institutning “Tarmoqlar iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini imtiyozli tamomlagan. I.O.Yunusov o‘zining ilmiy iqtidori va tirishqoqligi sababli bir qator Xalqaro konferensiyalarda, shuningdek, Respublika yosh olimlar, magistrantlar va bakalavriatura talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etgan. O‘qish davri davomida u nafaqat o‘z sohasini, balki chet tillaridan ingliz va rus tillarini hamda zamonaviy kompyuter texnologiyalarini ham chuqur o‘zlashtirgan.
U 2000-2001 o‘quv yilida respublika bakalavriatura talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan stipendiyalar tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan. Iskandar Yunusov mehnat faoliyati davomida bir qancha lavozimlarda faoliyat olib bordi. Jumladan, 2007-2008 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (hozirgi TIQXMMI)ning O‘quv-metodika bo‘limi injeneri, 2008-2013 yillar mobaynida mazkur institut rektori yordamchisi, 2013-2017 yillarda “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2017 yildan hozirgi davrga qadar I.Yunusov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ustida tinmay izlanishlarni olib bormoqda. Dissertatsiya ishi to‘liq yakunlangan, hozirda dastlabki himoyaga qo‘yish bosqichida turibdi.
U mehnat faoliyati mobaynida ham talabalarga dars berish bilan birga xalqaro loyihalar doirasida Germaniya, Xorvatiya va Sloveniya davlatlarida ilmiy stajirovkalarda bo‘lib, o‘zining bilim va malakalarini oshirib keldi. Mazkur davlatlarda stajirovka davrida egallagan bilimlari va o‘zlashtirgan tajribalaridan hozirda o‘zining ilmiy-tadqiqotlarida va o‘quv-uslubiy ishlarida keng foydalanib kelmoqda. Oilali, 2 nafar farzandi bor. Iskandar Yunusov o‘ziga talabchan, mas’uliyatni his etadi, ishiga vijdonan munosabatda bo‘ladi, muntazam ravishda bilim va saviyasini oshirib boradi. Yosh olimlarimizga omad doimo kulib boqsin. Samimiy qutlovlarimiz ularga.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov