Qobusimiz, qomusimiz - nomusimiz nishoni

2 -Talabalar turar joyi ma'naviyat xonasida  Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining navbatdan tashqaridagi XII chaqiriq, XI sessiyasida 1992-yili 8-dekabrda qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi sivilizatsiyalashgan rivojlangan davlatlarning tajribalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan, shu bilan birga u mana shu zaminda yashayotgan xalqlarning xohish-irodasi bilan, uning jamiyatdagi ongi va madaniyati darajasining muddaosi ham bo’lib qoldi. Unda inson huquqlari haqidagi deklaratsiyaning umum e’tirof etilgan asosiy g’oyalari va jihatlari o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi 6 bo’limdan iborat bo’lib, ular 26 bob, 128 moddani tashkil etadi. Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari hamda, burchlarini kafolatlovchi birdan-bir asosiy qonundir.

Konstitutsiya asosiy prinsiplar, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, ma’muriy-hududiy davlat tuzilishi haqida, Davlat hokimiyatining tashkil etilishi, jamiyat va shaxs to’g’risida hamda, o’zgartirish kiritilishi mumkin bo’lgan moddalardan iboratdir. Konstitutsiya baxtimiz qomusi deyilishining asosiy sababi unda bizning ya’ni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, ona xalqimizning ertangi kuni, O’zbekiston kelajagi bo’lmish biz yoshlarning komil va yetuk inson bo’lib yetishishimizning asosiy kafolatidir. Tadbirni Yuridik fanlari nomzodi Xudoyberdiyev.D olib bordilar. CHG va MG kaferdrasi oqituvcilari GIM, GTQ fakultet talabalari qatnashishdi.

 Tarbiyachi-pedagog,  psixolog Dilorom Sagdullayeva axboroti

Institut matbuot  xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov