Erkin va farovon hayot kafolati
6 dekabr kuni TIQXMMI Qarshi filialida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 27 yilligi munosabati bilan “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining yuridik masalalar bo‘yicha yordamchisi podpolkovnik Sherzod Ikramov va Qarshi shahar oila markazi mutaxassisi Sohiba Abdinazarovalar tashrif buyurishdi. Tadbir mehmonlari Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilganligini, amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinishi to‘g‘risida so‘zlab o‘tdilar. Tadbirda “Konstitutsiyasi – baxtimiz qomusi” insholar tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshasi namoyish etildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘ziqulov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov