Erkinlik, tenglik va adolat ramzi
ET va QTEM kafedrasi professor –o‘qituvchilari tomonidan 8- dekabr Konstitutsiyamizning qabul qilinganligiga 27 yilligi munosabati bilan kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedra mudiri D.B. Qodirov so‘zga chikib bayram bilan kafedra professor –o‘qituvchilarini tabrikladi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida keltirilgan 50-moddasi to‘g‘risida so‘zladi, ushbu moddada Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburligi to‘g‘risida aytib o‘tilgan. Atrof muhit Ekologiyasi hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy dolzarb muammolaridan biri ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir qizikarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.
ETva QTEM kafedrasi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sul assistent Sanbetova A.T axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov