Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash

Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishi 2, 3 va 4-kurs talabalariga 2019 yil 6 dekabr kuni 8-Zalda “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish” va “Diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzulari bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Polkovnigi Axmedov Olimjon Tursunboevich, Mayori Eshmirzaev Yigitali Shokirovich va Kapitan Qodirov Sobirjon Sodiqovichlar o‘zlarining ma’ruzalari va video lavhalari bilan ishtirok etishdi.

Polkovnik O.Axmedov talabalarga O‘zbekistonning terrorizmga qarshi choralari Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar uchun model sifatida xizmat qilmoqda bundan tashqari o‘zbek modeli qonunlarga hurmatni rivojlantirish hamda ruhiy va diniy ta’lim orqali xalqning, ayniqsa yoshlarning «qalbi va ongi uchun kurashgan» e’tibor qaratadi. Mayori Y.Eshmirzaev Biz ekstremistik g‘oyalar ta’sirida qolgan va o‘z xatosini anglab yetganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal hayotga qaytarish ustida muntazam ravishda ishlaymiz», dedi va o‘zlari bilan olib kelgan video lavhalarni talabalarga namoyish qilishdi. Ma’ruza savol javoblarga boy va qiziqarli o‘tdi.

ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov