Xotira muqaddas, qadr abadiy
Umrni oqar suvga qiyoslashadi, o‘tgan bir lahzani ham ortga qaytarib bo‘lmaydi. Lekin qilingan ezgu amallar, oradan yillar o‘tsa-da, eslanaveradi, tilga olinaveradi. 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan 7 may kuni 2-TTJda “Xotira muqaddas, qadr abadiy” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 2-TTJ istiqomat qilayotgan institut talabalari ishtirok etdi.
GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov