Sport sog‘liqqa kafolat
Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ham ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Aynan ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, respublikamizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug‘ullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida may oyida sportni har bir turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda. "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova hamda 1 kurs dekan muovini A.Pardaboev tashabbusi bilan sportning futbol turi bo‘yicha 1-kurs talabalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada fakultetning barcha iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar o‘z guruhlari bilan faol ishtirok etdi. Musobaqa barcha guruhlar o‘rtasida tashkil etilganligi sababli o‘yinlar o‘ziga xos tarzda shiddatli bo‘ldi. Yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan musobaqamizda uchinchi o‘rini 105 va 106 - guruhlar, ikkinchi o‘rinni 104 - guruh talabalari va faxrli birinchi o‘rinni egallashdi. Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan talabalar 1-2-3- darajali diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov