“Milliy va diniy urf-odatlarimiz va reproduktiv salomatlik”
2019 - yil 7 - iyun kuni TIQXMMI yuriskonsulti U. K. Muratova, Axborot-resurs markazi direktori v. b. M. Axmedova, Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi mudiri Sh. Nurmatova, GM fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini X. To’ychiyev hamda talaba qizlari tomonidan “Milliy va diniy urf-odatlarimiz va reproduktiv salomatlik to’g’risida” targ’ibot ishlarini olib borish maqsadida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda xalqimizning umrboqiy an’analarini o’zida mujassam etgan milliy urf-odatlatlarimizdan: salomlashish, nikoh, to’y qilish, oila tutish, farzandni tarbiyalash, ota-onani hurmat qilish, salomatlikni saqlash, ilm olish, kiyim kiyish, mehmon kutish, milliy bayramlarni o’tkazishning har biri buyuk bir maktab ekanligi, hamda reproduktiv salomatlik to’g’risida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchi talabalarimiz o’zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Axborot-resurs markazi direktori v. b. M. Axmedova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov