Ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi

"Gidromelioratsiya" fakultetining "Suv xojaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish" yo'nalishi 107 - guruh talabalarini Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ,,ECO DRIP''  mas'ulyati cheklangan ishlab chiqarish zavodida o'quv tanishuv amaliyoti olib borildi. O'quv tanushuv amaliyoti davrida 6-iyul kuni  ,,ECO DRIP'' MCHJ da Suv resurslardan samarali foydalanish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o'tdi. Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri Xamrayev Shavkat Raximovich, Jorabekov Ismoil Xakimovich va viloyatlardan kelgan soha mutaxassislari, Toshkent Irrigatsiya qishloq xo’jaligini mexaniziyatsiyalash muhandistlari instituti, "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani Alesher Fatxullayev, dekan o‘rinbori Sardor G’ulomov, "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi mudiri texnika fanlar doktori Sherov Anvar G'ulomovich hamda ushbu kafedrani dotsenti, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori Amanov Boxodir Toxtasinovichlar va 107-guruh o’quv tanishuv amaliyot rahbari Ibragimova Xafiza Rinatovnalar borishdi. Ushbu korxonada suv tejovchi texnologiyalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi hamda ushbu suv tejovchi texnologiyalarni Respublikamizda joriy qilish yuzasidan amaliy trening o’tkazildi. Tadbir so’ngida Suv xo’jaligi vaziri talabalarga o’zining sohadagi tajribalari bilan o’rtoqlashdi va esdalik uchun rasmga tushishdi. Bu talabalar xotirasida muhrlanib qoldi. 

 "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi dotsenti Baxodir Amanov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov