Zamonaviy bilim zamonaviy texnologiya bilan
Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bo‘lajak yosh kadrlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holatda bilim olishlari, o‘quv mashg‘ulotlar mobaynida yangicha metodik usullarning qo‘llanishi shular jumlasidandir. Shunday yuksalishlarning davomi sifatida 2019 yilning 8 oktyabr sanasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3702-sonli “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanzatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasiga qarashli “G” o‘quv binosi 301 - auditoriyasini zamonaviy axborot texnikalari (kompyuter, proyektor, ekran) bilan jihozlashda amaliy yordam ko‘rsatildi. O‘ylaymizki, bunday zamonaviy axborot texnikalari bizning bo‘lajak yosh kadrlarimiz uchun ko'p yillar davomida xizmat qiladi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov