Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik - taraqqiyot garovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-sonli qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 87-02-3151-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7 noyabr kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Q.Shavazov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi bosh mutaxassisi Muhammadyusuf Xushvaqtov professor-o‘qituvchilar hamda 150 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar diniy bag‘rikenglik tushunchasi, uning ma’no va mazmuni, uning millatlararo munosabatlar tizimidagi o‘rni haqida fikr bildirishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar savollariga ma’ruzachilar tomonidan javoblar berildi.

 

GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov