Galdagi hisobot taqdimoti
2019 yil 8 yanvar kuni “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakultetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini oʻquv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish boʻyicha 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda institut ilmiy ishlar va innovsiyalar boʻyicha prorektor prof. T.Sultonov, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi prof. Sh.Imomov va fakultet jamoasi ishtirok etdi. Oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fakultet dekani prof. A.Isaqov hisobot berdi.
Fakultet dekani hisobot yilida erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida gapirar ekan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan oldimizda ulkan rejalar turganligi hamda uni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirishda fakultetning har bir aʼzosi vijdonan yondashishi zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birgalikda institutning 2018 yil ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasini bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan professor-oʻqituvchilarni tanqid qildi.