Yerdan foydalanish va yer kadastri fakulteti 2-kurs talabalariga “Geodeziya” fanidan o‘quv amaliyotiga ishlab chiqarish tashkilotlarinig yetakchi mutaxassislar jalb etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3702-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda institut rektorining 2018 yil 4 maydagi 463/t buyrug‘iga asosan Yerdan foydalanish va yer kadastri fakulteti 2-kurs talabalariga 2018 yil 7 maydan 2018 yil 2 iyungacha TIQXMMIning “O‘quv-ilmiy markazi” DUKda “Geodeziya” fanidan o‘quv amaliyoti o‘tkazilishi belgilangan.
2018 yil 12 mayda Ishlab chiqarishning yetuk mutaxassislari “Geoinformkadastr” DUK direktori Sh.Mayinov, bo‘lim boshliqlari O‘.Shermanov, S.Sirojov, Sh.Izaev, “Kartografiya” IIChD korxonasi yetakchi mutaxassisi J.Egamberdievlar hamda “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri I.Musaev, katta o‘qituvchilar M.Rajapbaev, Yu.Ten, assistentlar A.Inamov va S.Xikmatullaevlar sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy geodezik asboblar bilan talabalarni tanishtirdi. O‘quv amaliyot davrida talabalar ushbu zamonaviy geodezik asboblari bilan ishlash malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. Ushbu jarayon talabalarda iliq tassurot qoldirdi.