Hunar — tuganmas xazina
Joriy yilning 24 sentyabr kuni 4 TTJ YRB fakulteti 1-2-3-4-kurs talaba qizlari bilan institut psixologi M. Muxamedova, YRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H. Eshova va YRB fakulteti yerdan foydalanish kafedrasi dosenti G. Abdulxaevalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni YRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova o‘z kirish so‘zi bilan ochib, talaba qizlarga TTJda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qonun-qoidalar bilan tanishtirib o‘tdi. TTJda qizlarning odob-axloqi, etika, estetika va tozalikka qat'iy rioya etilishi kerakligi haqida yig‘ilish ishtirokchilariga ma'lumot berib o‘tdi.
Institut psixologi Muhayyo Kamolxonovna Muxamedova talaba qizlarning talablariga muvofiq “Hunari borning oltin bilagi bor” mavzuida davra suhbatini davom ettirdi.
Bu mavzuda tadbir o‘tkazilishiga o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan “Hunar bo‘lsa qo‘lingda,non topilar yo‘lingda” mavzuidagi tadbir talaba qizlarda qattiq taassurot qoldirgani sabab bo‘ldi.
Suhbatda inson hayotda yashar ekan uning maqsadi bo‘lmog‘i lozimligi, kimdir o‘z orzu-istaklariga ilm orqali erishsa, kimdir kasb-hunari bilan yetishishi mumkinligi, ilm – ma'rifat va kasb – hunar har bir davrda kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib kelganligi haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbatida yig‘ilish ishtirokchilarining ilm va hunar egallashga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada kuchaytirish maqsadida Sa'diy Sheroziyning:
Bo‘shab qolg‘ay oltin, kumush hamyoni,
Bo‘shmas hech hunarmandning karmoni.
misralaridan, hunarga oid, uquvga oid ertak va rivoyatlardan misollar keltirib o‘tilildi.
Davra suhbati qizg‘in savol javoblar bilan olib borildi.
TTJ talaba qizlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zargarlik” hunarini o‘rgatish uchun to‘garak tashkil etishga va'da berildi va qizg‘in tarzda tadbir o‘z yakuniga yetdi.
Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti