Maroqli uchrashuv

San’atkorning so‘zi va sozi talabaning diqqatiga jo bo‘lsa, ma’naviyat va ma’rifat uning ongu shuurini egallay boshlagani yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki san’atkorning ijrosida ta’sirchanlikni ta’minlashdek  ma’naviy qudrat bor.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Ma’naviyat eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” - deyishlarida ana shu haqiqat bor.

2017 yil 14 dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4 – sonli talabalar turar joyi  tarbiyachi - pedagogi Javlonbek Qutlimurotov hamda 2 – sonli talabalar turar joyi tarbiyachi -pedagogi, psixolog Sagdullaeva Dilorom Muxiddinovna tashabbuslari bilan  ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.         

Talabalarga  dramaturg, shoir Alibek Xakimov, rejissyor, prodyuser, aktyor Olim Sulaymonov, parodist, aktyor, prodyuser Sayfiddin Fayziev taklif etilib, 2 – sonli talabalar turar joyi  va 4 – sonli talabalar turar joyi talabalariga qiziqarli ijodiy kecha tashkillashtirildi.

Ijodkorlar filmlardagi Vatanni sevish, ota-onaga, akaga, ukaga, qizlarga hurmat haqida gapirib o‘tildi. Shoir Hakimov Alibek tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan she’rlaridan aytib berdilar. Shukronalik, sabr hozirda talabalarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Sayfiddin Fayziev lirik chekinishlar qilib she’r, monologlar aytib berdilar. Uchrashuv davomida Sayfiddin Fayziev talabalarga murojaat etarkanlar, xalqimiz boy madaniy merosi va an’analarini asrab-avaylash, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol toptirish, yosh iste’dodlarni tarbiyalash borasidagi kino va teatrning ulkan xizmatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘zlari ishtirok etgan spektakllar hamda filmlardagi rollari va ijodkorlari to‘g‘risida to‘xtalib, qiziqarli voqealardan gapirib o‘tdi.

 

4-TTJ tarbiyachi pedagogi Qutlimurotov Javlonbek

Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov