Namunaviy to‘y – ezgu fikr-o‘y
To‘yning mazmuni sarflangan ortiqcha xarajatlar, behuda chiqimlar, dabdabozliklar bilan belgilanmaydi, balki to‘y sabab qarindosh-urug‘, yor-u do‘stlarning diydorlashuvi, to‘y sohiblariga baxt tilashlari bilan xarakterlanadi.
Chunki to‘y orzu-havas, urf-odat va milliy qadriyatlarimizning nishonasidir. Prezidentimizning murojaatlariga binoan ixcham shaklda to‘ylarning o‘tkazilayotgani nihoyatda quvonarlidir. Qolaversa, bu “Obod mahalla” dasturining amaldagi vazifalari bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Xuddi shu ijtimoiy talabning taqozosi sifatida institutimizning go‘zal qilib jihozlangan va ta’mirlangan “Talabalar oshxonasi”da qishloq xo‘jaligi xodimlarining dabdaba va hashamatdan xoli namunaviy nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tmoqda. Bu esa nafaqat talaba va pedagoglarga, balki institutimizning barcha jamoasi uchun ixcham shaklda to‘ylarni o‘tkazish bobida ham ibratga sazovor bo‘ldi.
To‘ylarimiz o‘ylarimiz ekan, mahalla-ko‘ylarimiz bilan ahillikda, bamaslahat, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz tashkil etilishi yurtimizning yanada farovonligi va ma’naviyatining yuksalishiga xizmat qilishi aniq.
Institut kasaba uyushmasi raisi Farrux Irisov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov