Yot g‘oya - yov g‘oya
2018 yil 28 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 4-sonli talabalar turar joyida “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi o‘qituvchi xodimlari Shavkat Botirov, Maxbuba Xayitova, Shoxrux Azizov, Dilbar Abduraimova hamda tarbiyachi pedagog Javlonbek Qutlimurotovlar “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi. Buning uchun konstitutsiyani to‘la bilish va so‘zsiz amal qilish bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
- 31-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
- “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi konun
- 1-modda. Ushbu qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish va o‘z g‘oyalarini murosasizlik va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishdir.
«Ekstremizm» ( fransuzcha-exstremisme, lotincha- «extremus keskin so‘nggi) ostida muayyan jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib va amal qilish tushuniladi.
Terrorizm – ko‘rqitish va zo‘ravonlik ishlatishni anglatuvchi ijtimoiy fenomendir. Siyosiy terrorizm muayyan ijtimoiy guruh manfaatlari yo‘lida zo‘ravonlik (suiqasd, portlatish, garova olish, barqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima, qo‘rquv uygotish vahx.k) ishlatish bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, danyoda 500 ga yaqin terroristik tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80% islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “Al-Qoida”, “Musulmon-birodarlar”, “Hizbut-tahrir”, “al-Jihod al-Islomiy va hokazo.
Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy faoliyat uslublari:
- ekstremistik ruhdagi adabiyot, CD va DVD mahsulotlarni tarqatish;
- xufiya guruhlar tuzish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- yashirin diniy «hujralarda» o‘qiyotganlarga mutaassib tushunchalarni singdirish;
- ijtimoiy-siyosiy holatni keskin qoralash, davlat va din vakillarini obro‘sizlantirish;
- terrorchilik harakatlari o‘tkazish;
- Aqidaparastlik – biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va urunishni anglatadi. Diniy aqidaparastlik o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda tan olmaslik, din asoslarini buzishda ayblashdan iboratdir.
So‘nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanadigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda.
Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:
- Internetga kirishning osonligi;
- Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;
- Aloqaning anonimligi;
- Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;
- Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;
- Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.
Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanilar:
- Targ‘ibot va tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish;
- Yangi a’zolarni yollash (verbovka);
- A’zolik va xayriya badallarini yig‘ish hamda ulardan foydalanish;
- Tarmoq va shahobchalar tashkil etish;
- Terroristlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish;
- Razvedka va ma’lumot qidirish;
- Yangi terroristik harakatlarni rejalashtirish va boshqarish.
Demak, jaholatga qarshi ma’rifatning mohiyati yot g‘oya va yov g‘oyalardan chetda turish va boshqalarni ham ulardan qaytarishdir. Talaba yoshlar ongiga har xil oqimlarga qarshi nafrat ruhini uyg‘otish, tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borish davr talabidir.
4-sonli TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov