TIQXMMI Qarshi filiali “O‘zbekiston «Adolat» sotsial- demokratik partiyasi bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
Joriy yilning 21 yanvar kuni TIQXMMI Qarshi filiali “O‘zbekiston «Adolat» sotsial- demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisi Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga hamkor tashkilotlardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi rahbari Ruiddin Raupov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat “Ayollar qanoti” kengash raisi Zayniddinova Azima, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat “Ayollar qanoti” kengash raisi Sh.I.Xudoyqulovalar tashrif buyurishdi. Tadbirda ishtirok etgan mutaxasislar talabalar tomonidan berilgan savollarga to‘laqonli javob berdilar.