Aholi bandligi, ish kuchi va ishsizlik
Soat sayin rivojlanib borayotgan zamonamizda aholi bandligi, band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish muhim masaladir. Ushbu masalaga doir mavzu yuzasidan institutimizning “Iqtisodiy nazariya asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rustamova Dilbar Rustamovna bugun 11 aprel 2018 yil soat 11:30 da talabalarga “Yalpi ish kuchi, bandlik va ishsizlik” mavzusida Ochiq ma’ruza mashg‘ulotini taqdim etdi. Ma’ruzada Toshkent INHA Universiteti O‘quv-bo‘limi xodimasi Rustamova Umida Zikrillaevna, Iqtisodiy nazariya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Tosheva Maftuna Rustamovnalar ishtirok etishdi.
O‘qituvchi ma’ruzani boshlar ekan, talabalarga O‘zbekiston Prezidenti 2017—2021 yillarga mo‘ljallangan Harakat strategiyasi haqidagi farmonni IV Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida aytib o‘tdi:
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
- yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
- mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Shundan so‘ng o‘qituvchi ishsizlik va bandlikka oid talabalar fikrini tinglab, fanga doir yangi ma’lumotlarni talabalarga aytib o‘tidi.
Bugungi ochiq ma’ruza mavzusi nafaqat bugungi dars balki bugungi zamona mavzusi bo‘lib qolayotganini talabalar tushinib olishdi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti