Akademik Mirziyod Mirsaidovning navbatdagi uchrashuvi Namangan viloyatining maktablarida yoshlar bilan

14 yanvar 2018 yildan 16 yanvar 2018 yilgacha Mirziyod Mirsaidov Namangan viloyatining maktablarida va institutlarida yoshlar bilan Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tiborini tushuntirib, kelajakda ularni ilm fanning yangi bosqichlari va yangi texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazdi. O‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun  faol xizmat qiladigan yetuk olim bo‘lib yetishishi uchun o‘quvchilar  o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishi va har doim oldinga intilish kerakligi haqida gapirildi.

Birinchi uchrashuv 15 yanvar 2018 yilda soat 10-00 da Namangan viloyatining Norin tumanidagi 44-maktabda iqtidorli maktab o‘quvchilari va faol o‘qituvchilar bilan o‘tkazildi.

Bu uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari P.J.Matkarimov, Norin tuman hokimi muovini S.Sidiqov, 44-maktab direktori Z.Xaydarova eng faol o‘qituvchilar bilan birga 30 ga yaqin iqtidorli o‘quvchilar qatnashdilar.

 

Bu uchrashuvdagi eng ta’surotli narsa yoshlarimizning ko‘zlarining yonib turganligi bo‘lib, kelajakda yoshlarimiz o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish uchun ularga  muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan to‘la imkoniyatlar yaratayotganligiga to‘la ishonch hosil qilayotganligi ko‘rinib turar edi.

Bu uchrashuvda o‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan ko‘p savollar berildi va ular o‘z savollariga to‘la javoblar olishdi.

Eng faol o‘quvchilar uchun M.Mirsaidov tomonidan olib borilgan kitob sovg‘alari (O‘zbekiston yozuvchi va shoirlarining roman va she’riy to‘plamlari)  bu maktabda shunchalik talantli yoshlarning ko‘pligidan, bu kitoblarni hamma o‘qib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, o‘quvchilarning ruxsati bilan sovg‘alarni maktab diektoriga bibliotekaga qo‘yish uchun topshirdi.

Uchrashuv davomida Namangan TVning «Diyor-24»va «O‘zbekiston-24» muxbiri D.K.Mamadiyorova boshchiligidagi guruh, bu uchrashuvni  Namangan viloyat televideniyasi va «O‘zbekiston-24» dasturlarida ko‘rsatish uchun doimiy ravishda tasvirga olishdi.

Ikkinchi uchrashuvni Uychi tumanidagi 11-maktabda o‘tkazdi. Bu uchrashuvda viloyat hokimining birinchi muovini P.J.Matkarimov, Uychi tuman hokimi A.Turdiev, tuman hokimi muovini A.Raxmatov, Tuman xalq ta’limi mudiri  X.Maxmudov,  maktab direktori A.Muydinov va ko‘pgina maktab o‘qituvchilari qatnashishdi.

Uchrashuvda M.Mirsaidov Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tiborlarini tushuntirib, kelajakda yoshlarimiz ilm fanning yangi bosqichlarini va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishda faol qatnashishi kerakligi haqida gapirdi. Buni amalga oshirish  uchun yoshlarimiz tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari  va har tomonlama yetuk bo‘lish uchun esa ko‘p kitoblarni o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi. 

Akademik Mirziyod Mirsaidov uchinchi uchrashuvni 2018 yil  16 yanvarda Namangan viloyatining Chust tumanidagi 23-maktabda o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Namangan injener-qurilish institutining prorektori  S.Umarxonov, shu institut professori Sh. Yuldoshev, tuman xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D.D.Aralov, 23-maktab direktori J.Rustamov, ko‘pgina maktab o‘qituvchilari   va maktabning iqtidorli o‘quvchilari qatnashishdi.

Ular Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tiborini, ularga bilidirilayotgan katta ishonchini, kelajakda yoshlarimiz  ilm fanning yangi bosqichlarini  va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi kerakligi haqida qizg‘in  suhbatlar o‘tkazdi. O‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun  faol xizmat qiladigan yetuk olim bo‘lib yetishishi uchun ular o‘zlari   o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishi va har doim oldinga intilish kerakligi haqida gapirildi.

O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga M.Mirsaidov to‘liq javob berishga harakat qildi.

O‘quvchilar kelajakda davlatimiz uchun yetuk Oliy ma’lumotli kadrlar bo‘lib yetishishga va’da berishdi, ularning ko‘pchiligi Sharqshunoslik va harbiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni davom ettirishni va kelajakda davlatimizga sodiq xizmat qilish fikrlarini bildirishdi.

Bu maktabda ham talantli yoshlar ko‘p ekan, shu maktab o‘quvchisi (Maxmudova Xusnida)  bizga o‘zi yozgan va chop qilgan 2 ta she’riy kitobini sovg‘a qildi.

Yoshlarimizning barchasi Prezidentimiz orzu qilgandek yetuk yigit va qizlar bo‘lib yetishishga va’da berishdi.

 M.Mirsaidov  maktab  bibliotekasiga  O‘zbekiston yozuvchi va shoirlarining kitoblarini  sovg‘a qildi.

M.Mirsaidov Namangan viloyat televideniyasiga bergan intervyuda Namangan viloyati aholisining Prezidentimiz tomonidan qilinayotgan ishlaridan mag‘rurlanib, kelajakda tinchlik va barqarorlik, yaxshi hayot bo‘lishiga va O‘zbekistonning yuksalishiga ishonch hosil qilib mehnat qilayotganligining guvohi bo‘lganligini aytib o‘tdi. Ayniksa Namangan yoshlari akademiklarni bu yerga kelganligini  va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot kilganligini  ko‘tarinki ruhda qabul qilishib, mag‘rurlanib ketishdi.

O‘quv-metodika boshqarmasi D.Xodjaev