Alternativ energiya manbalri istiqbollari
Institutimizning «Elektrotexnika va mexatronika» kafedrasida fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli «Elektro energetika» ta’lim yo‘nalishi va mamlakatimizning elektro energetika tizimlarida faoliyat olib borayotgan injenerlar va mutaxasislar bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazish odatga aylangan. Bunday navbatdagi 2017 yil 16 fevral kuni V-404 xonada bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekgidroenergo AJ ga tegishli «Ertashsoy» kichik GES unitar korxonasi direktori Xolboev Kamol Ermatovich bilan «Alternativ energiya manbalari istiqbollari» mavzusida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.