TIQXMMI ARM tomonidan tashkil etilgan Adabiyotlarning ochiq namoyishi ko‘rgazmasi
2018 yilning 24-30 aprel kunlari TIQXMMI ARMi tomonidan Adabiyotlarning ochiq namoyishi ko‘rgazmasini o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazmani Ilmiy-uslubiy axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi tashkil etgan. Ko‘rgazmaga Rektorat a’zolari, barcha kafedralarning professor-o‘qituvchilari, talabalar va institut xodimlari taklif etilgan. Ekspozitsiyalar zalida barcha tur va shakldagi adabiyotlar namoyish etilgan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy materiallar to‘plamlari, ilmiy, ma’lumot, rus va o‘zbek tilidagi badiiy va xorijiy adabiyot hamda Rossiyada chop etilgan nashrlar. Barcha fan sohalari bo‘yicha jami 200 tadan ziyod kitoblar namoyish etilgan. Ko‘rgazmaga kelganlarda quyidagi vaqtli matbuot nashrlari qiziqish uyg‘otdi: oliy ta’lim bo‘yicha “Vыsshee obrazovanie segodnya”, «Alma mater», «Agrarnaya nauka» kabi jurnallar, respublikamizda chop etiladigan jurnallardan esa: “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi”, «Ta`lim, fan va innovatsiya», «Agro biznes inform», «Ekonomicheskoe obozrenie» va boshq. Ushbu ko‘rgazmani shakli yangi texnik qulayliklar yaratilishi tufayli o‘zgacha tus oldi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar nafaqat taqdim etilgan adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega, balki ular elektron dastur orqali kerakli adabiyotlarning necha nusxada va qaerda saqlanishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun imkoniyatlar mavjuddir. TIQXMMI professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi yillarda yaratilgan ilmiy ishlar ham taqdim etilgan. Ko‘rgazmada, nafaqat qiziqtirayotgan nashrlarini ko‘zdan kechirish mumkin, balki keyinchalik uzoq muddatga kerakli adabiyotni olib, foydalanish uchun buyurtma berish mumkin. Kun mobaynida, har bir tashrif buyuruvchi tanlab olgan kitobi bilan tanishib chiqishi mumkin. TIQXMMI rektori tomonidan xadya qilingan Rossiyada chop etilgan adabiyotlar katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazma tashkilotchilari professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlar olib borib, berilgan savollarga javob, maslahatlar berib, tadbirni undanam fayzli bo‘lishiga katta hissa qo‘shmoqdalar. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar nashrlarni ko‘zdan kechirib, kerakli materiallardan nusxa ko‘chirib olishlari mumkin. Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda. Bugungi kunda 200 tadan ziyod odam ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.
Barchani Adabiyotlarning ochiq namoyishi ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, namoyish etilgan nashrlarning dolzarbligini his etishlari uchun taklif qilamiz.
Sizning faoliyatingiz rivoji, siz ega bo‘lgan ma’lumotlar darajasiga bog‘liqdir.
Axborot-resurs markazi direktori v.b. Sh.E.Tillashayxova