Onlayn tarzda attestatsiya o'tkazildi

Ta’lim jarayonining masofaviy yo‘sinda internet tarmoqlari orqali tashkil etilishi ham katta tajriba va malakani talab etadi. Ana shu protsessni chuqur o‘zlashtirgan ta’lim tizimi xodimlari, professor o‘qituvchilar o‘z maqsadlari yo‘lida unumli va o‘rinli foydalanayotganlari ibratlidir. Bu harakat bugunning talabi, zamon taqozosidir. Bilim va ko‘nikmaning uyg‘unligi malakaga yo‘l ochar ekan, bu esa kommunikativ kompetensiyaning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2020 yil mart oyida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiya jarayonlari onlayn shaklda tashkil etilib 7 may kuni onlayn attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Javlonbek Qutlimurotov PKQT va UMO tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i ma’lumoti

TIQXMMI matbuot xizmati