AKADEMIK MIRZIYOD MIRSAIDOV BOBUR NOMIDAGI ANDIJON VILOYATI «AXBOROT KUTUBXONA MARKAZIDA-(AKM)» ANDIJON VILOYATINING QATOR O‘RTA MAKTAB VA KOLLEJLARINING IQTIDORLI O‘QUVCHILARI HAMDA FAOL YOSH O‘QITUVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Ushbu uchrashuv Andijon shahrida  joylashgan Bobur nomidagi viloyat «Axborot kutubxona markazi»ning katta zalida o‘tkazildi. Bu uchrashuvda Andijon qurilish va transport kolleji, Andijon industrial pedagogika  kolleji, 30-sonli o‘rta umumta’lim maktabi, 5-sonli o‘rta umumta’lim maktabi, 10-sonli Davlat internat maktabi (10-DIM) va 35- sonli Davlat internat (35-DIM) maktablarining jami bo‘lib 125 ga yaqin iqtidorli o‘quvchilari va yosh o‘qituvchilar qatnashdilar.  Shu bilan birga  bu uchrashuvda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professori, t.f.d., T. Mavlonov,  Toshkent axborot texnologiyalar universitetining Andijon filiali  professori, i.f.d., A. Abdullaev,  Andijon mashinasozlik instituti dotsenti, f.-m.f.n., T.Djalilova, Andijon qishloq xo‘jalik instituti dotsenti, f.-m.f.n., K.Atabaev, Andijon davlat universiteti dotsenti, f.-m.f.n., A.Komiljonov, Andijon viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i  A.Sultonov va   Andijon viloyati «Axborot kutubxona markazi» direktori  G. Ismolovalar  qatnashdilar.

Uchrashuvni Bobur nomidagi Andijon viloyati «Axborot kutubxona markazi» direktori   Gulnoraxon  Islomova   kirish so‘zi bilan ochib,  so‘zni akademik M.Mirsaidovga  berdi.

M.Mirsaidov o‘z so‘zida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida va muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Ularni kelajakda  ilm-fanning yuqori cho‘qqilarini egallab, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga chaqirdi. Talaba va o‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun  faol xizmat qiladigan, yetuk mutaxasisslar  bo‘lib yetishishlari uchun talaba va o‘quvchilar  o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishlari va har doim oldinga intilishi kerakligi haqida gapirildi.

Buni amalga oshirish  uchun yoshlarimiz tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari  va har tomonlama yetuk bo‘lish uchun esa chet tillarini bilishi  va ko‘p kitoblarni o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi.

M.Mirsaidov oxirgi vaqtlarda davlatimizda bo‘layotgan o‘zgarish haqida va Prezidentimizning AQSh ga safari to‘g‘risida ham qisqacha axborot berdi. Shu bilan birga M.Mirsaidov bunday yuksak ilmiy unvonga erishishida Prezidentimizning katta hissalari borligini, ya’ni Fanlar akademiyasining qayta tiklanishi, Fanlar akademiyasi va saylov nizomlari o‘zgartirilib, demokratlashtirilganligi va  bu galdagi akademiklikka saylov ob’ektiv va shaffof o‘tganligini  aytib o‘tdi.

Yoshlarimiz ham mukammal bilimlar olib, ilm dargohlarida astoydil mehnat qilsa kelgusida shunday natijalarga erishish imkoniyatlari mavjudligi haqida xam gapirib, ilmiy xodimlarga Davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tiborni,  Prezidentimizning  5-aprel 2018 yildagi maoshlarni oshirish to‘g‘risidagi qarori va Fanlar akademiyasining o‘simliklar ximiyasi institutidagi uchrashuvlari to‘la tasdiqlashini aytib o‘tdi.

Bu uchrashuvda qatnashgan Andijon viloyatining maktab va kollej  o‘quvchilari o‘zlarini juda  erkin tutishib, M.Mirsaidovga ko‘plab savollar berishdi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov  to‘liq javob  berdi.

Uchrashuv  qiziqarli tarzda,  yuqori saviyada o‘tdi, bo‘lgan uchrashuvni  o‘quvchilar ko‘tarinki ruh va katta ishonch bilan qabul qilishdi. Uchrashuv qatnashchilari Prezidentimizga  yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari uchun o‘z minnatdorchiliklarini  bildirdilar.  Andijon viloyatining  maktablarida kelajakka intilgan juda ko‘p faol va bilimdon o‘quvchilarning borligi bizni juda xursand qildi. Shu bilan birga bu yerda yosh ixtirochilar bilan uchrashib, ularning savollariga javoblar berib, ularga omadlar tiladik. Bu yoshlar kelajakda Prezidentimizga munosib o‘g‘il va qizlar bo‘lib yetishishga va Respublikamiz kelajagi uchun xizmat qilishga  va’da berishdi. Uchrashuv so‘ngida Andijon viloyatining iqtidorli o‘quvchilari bilan  esdalik uchun  rasmga tushildi.