Balli, qizlar
2018 yil 6 mart kuni 4-sonli talabalar turar joyida 2 - bosqich talabasi Madina Yusupalieva, 3 - bosqich talabasi Surayyo Saidumarovalar tashabbusi bilan 8 mart - xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Balli, qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
4-sonli talabalar turar joyi mudirasi Dilfuza Aminova, tarbiyachi- pedagog Javlonbek Qutlimurotov, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi o‘qituvchi xodimi Vafaboy Sherimbetovlar qatnashdi.
Talaba qizlar she’rlar aytishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, qo‘shiqlar aytildi. Shu asnoda sahna ko‘rinishlari bilan barcha qizlarning kayfiyati ko‘tarildi. Faol ishtirok etgan talaba qizlarimizga institut rektori nomidan faxriy yorliqlar topshirildi.
Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so‘zi uch harfdan iborat bo‘lib, ta’bir joiz bo‘lsa shunday deyish mumkin. “O”- oriyat, “N”- Nafosat, “A” - Andisha degan ma’nolarni bildiradi. Ona go‘zallik, donolik timsolidir.
Onalar haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug‘ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona - buyuk zot. Ona o‘zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot. Dunyoga keltirib, to mukammal bo‘lgunimizcha rohat farog‘atdan kechadi.
Onalar haqqini tirikligida ado etish kerak zero o‘lganida qabrtosh qo‘ydirishdan ne hojat.
Ba’zi farzandlar onalariga tik qarab hattoki, qo‘l ko‘tarishgacha boradilar. Onaning qarzidan hech vaqt qutula olmaymiz. Shu orada bir rivoyat keltiramiz.
Bir yigit onasini opichlab Makka-yu Madinaga olib boribdi:
- Ey olloh, men endi onamning qarzidan qutuldimmi?
- Sen onang bir kecha bedor bo‘lib bir marta bergan oq suti haqqidan endi qutulding,–deya ollohdan nido kelibdi. Ha buyuk zot ona qadrini ona bo‘lganda bilasan deganlari rost.
Senga aziz mehribon, oq sut bergan onadir.
Yotsang, tursang soyabon, parvonang shu onajon.
Yaxshi yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi
Holing ko‘rib, bolam deb, ham quvonib kuyuvchi.
Shu onadir unutma, ta’zimda bo‘l eg boshing,
Bir kun qo‘ldan ketganda, befoyda to‘kkan yoshing.
Onajon qarzdorman, bugun qoshingda,
Senga iliq so‘zlar baxsh etgum kelar,
Eng nafis gullarni to‘kib boshingdan
Mehring yuragimda naqsh etgum kelar.
Qaylarda bo‘lmayin, uzoq yaqinda
Xayollaring ila nafas olaman,
Mushtiparim, sensiz nur yo‘qdir.
Sizdan uzoqlashsam, dildan yonaman.
4 –TTJ tarbiyachi pedagogi Javlonbek Qutlimurotov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov