Birinchi Prezident haqida to‘rt kitob
“Ibratli, ijodkor insonlar” ruknidagi mehmonimiz iqtidorli, iste’dodli jurnalist va yozuvchi Akbar Mirzo. Akbar Mirzo O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov haqida to‘rtta roman yozgan yozuvchi hisoblanadi.
Dastavval, ushbu tadbirning doimiy moderatori uztoz Rahimboy Jumaniyozov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Mustaqillik me’mori” xotira tadbirini ochib berdilar. Shundan so‘ng “Iqtidor” video studiyasi tomonidan tayyorlangan “Alvido!” deb nomlangan video-marsiya davra ahliga namoyish etildi.
Moderator tadbirning mehmoni yozuvchi Akbar Mirzoni davra ahliga tanishtirib, ular haqda qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Nihoyat yozuvchi Akbar Mirzoga so‘z berildi.
Akbar Mirzo so‘zga chiqib shularni ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov haqida men yillar davomida yozuvchilardan asarlar kutdim qani qay birlari yozar ekan deb. Bilasizlar hurmatli ustozlar va talabalar Mustaqillikning me’mori Islom Karimov 27-yillik davlat rahbarligi davrida O‘zbekiston uchun oson kechgan emas. Ularning bosib o‘tgan yo‘llari nihoyatda qiyinchilikda kechgan, shunga qaramay, barcha mashaqqatlarni sabot bilan yengib o‘tganlar.
Misol qilib olaylik. 1991 yil Namangan voqealari, 1999yil 16 fevral Toshkentda bo‘lgan qo‘poruvchilik harakati, 2000 yil Surxondaryo viloyatining tog‘larida bo‘lga terroristik harakat, 2005 yil Andijon voqealari va hokazo. Shu voqealarni badiiy holatga keltirib to‘rta romanni yuzaga keltirdim. Bular “Ayozi cho‘zilgan bahor”, “Ajal bilan yuzma yuz”, “Suiqasd” va “So‘ngi nido”dir.
Tadbirning so‘ngida o‘qituvchi va talabalar bilan savol-javob bo‘lib o‘tdi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov