TIQXMMIda tahsil olgan olimlar, fan doktorlari, professorlar, taniqli bitiruvchilar va boshqalar
Zuxra Karabayevna Ismailova
Zuxra Karabayevna Ismailova 1961 - yil 20-aprelda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida ishchi oilasida tugʻilgan.Millati –oʻzbek. Oliy maʼlumotli, 1984 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutini tugatgan. Injener-pedagog mutaxassisligiga ega. Pedagogika fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyatini 1985 - yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida boshlab, “Pedagogika va oʻqitish metodikasi”kafedrasida laborant, assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
Zuxra Karabayevna Ismailova 2000 yil 13.00.08-“Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi”ixtisosligi boʻyicha “Texnika oliy taʼlim muassasalarida talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirish”mavzusida nomzodlik, 2007 yil 13.00.06- “Tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha “Maʼnaviy - ahloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental metodik asoslari: (Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar asosida asosida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Zuxra Karabayevna Ismailovaning pedagogik va rahbarlik faoliyati davrlarida kafedra va akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini rivojlantirish, oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, dars sifati samaradorligini oshirish, bitiruvchilar bandligini taʼminlash, oʻquv-uslubiy va moddiy texnik taʼminotilarini boyitishda oʻz maslahatlari bilan katta xissa qoʻshib kelgan. Uning rahbarligida hozirda 5 nafar falsafa doktori Phd, 1nafar DSc fan doktori ilmiy tadqiqot ishlarini himoya qilgan.
Zuxra Karabayevna Ismailova faoliyati jarayonida bir qancha ilmiy nashrlar, jumladan 3 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 50 ga yaqin uslubiy ishlarnma va risolalar, 200 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, shundan 20 dan ortiq xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan ishlari mavjud boʻlib, hozirda Respublika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayonida foydalinib kelinmoqda.
Zuxra Karabayevna Ismailova nafaqat taʼlim – trbiya va pedagoglik faoliyati bilan shugʻullanish bilan birga oʻz malakasini USCHOOL “Building People to Bild Nations” programmasi, Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (KHTIRPKMOvaQTI) da moderatorlik, Kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish mavzusida Germaniyaning GTS programmasi, Bosh ilmiy metodik Markazida “Taʼlimda menejment” yoʻnalishi boʻyicha doimiy malakasini oshirib kelgan.
Zuxra Karabayevna Ismailova rahbarligida kafedra qoshida yosh oʻqituvchilar va kasb-hunar kollejlari muhandis pedagoglar uchun “Pedagogik mahorat maktabi” kursi , Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va malakali kadrlar tayyorlash, kafedra salohiyatini oshirib borish maqsadida 13.00.05-Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha seminar tashkil etilgan boʻlib, unda kafedrada va institutda ilmiy ish olib borayotgan doktarantlar, ilmiy izlanuvchilaning ishlari muhokamadan oʻtkazilib xulosalar beriladi.
Zuxra Karabayevna Ismailova hozirda KHTIRPKMOvaQTI huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 27.06.2017. Ped.48.01 Raqamli Ilmiy Kengash aʼzosi va Ilmiy seminar raisi sifatida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Z.K.Ismailova oilali, 3 nafar farzandi: ikki qiz va bir oʻzil, 6 nafar nabirasi bor. Turmush oʻrtogʻi T.N.Ismoilov-mutaxassisligi boʻyicha injener-mexanik.
Zuxra Karabayevna Ismailova institut va boshqa jamoat tashkilotlar faoliyatidagi koʻp yillik pedagoglik faoliyati, jamoatdagi mehnatlari uchun bir necha bor OOʻMTV, shahar, tuman xokimiyati, Oʻzbekiston hotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan faxriy yorliqlar sovrindori boʻlgan va shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi va 25 yiligi munosabati bilan Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan KOʻKRAK NISHONI bilan taqdirlangan.
Jusipbek Sidikbekovich Kazbekov
Jusipbek Kazbekov 1973 yil 15 aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini hamda 2011 yilda Kolorado shtati universitetini (magistratura, AQSH) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, suv resurslarini boshqarish.
Jusipbek Kazbekov oʻz mehnat faoliyati davomida:
1995-1998 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Suv resurslaridan mukammal foydalanish” kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchisi, katta laboranti;
1997-1997 yilda Isroilning Al-Quds universiteti “Yer osti suvlarini boshqarish” mavzusidagi xalqaro kursi tinglovchisi;
2001-2004 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Gidravlika” kafedrasi aspiranti, Gidroinformatika va suv resurslari oʻquv markazi direktori;
2004-2006 yillarda Toshkent irrigatsiya melioratsiya institutida Suv resurslari axborot tahlil xizmati direktori va “Gidravlika” kafedrasi oʻqituvchisi;
2006-2015 yillarda Oʻzbekistondagi Qurgʻoqchilik hududlarda qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari xalqaro markazida (IKARDA) Oʻrta Osiyo va Kavkaz Orti davlatlari boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi katta ilmiy xodimi lavozimlarida ish olib borgan.
2015 yildan ushbu kungacha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali suv dasturlari boʻyicha koordinatori lavozimida faoliyat yuritib keldi.
2018 yil 26 noyabr kuni Jusipbek Sidikbekovich Kazbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Dilshod Rayimovich Bazarov
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida tugʻildi. 1968-1978 yillarda A.Donish nomidagi 79 (5)-son oʻrta maktabda, 1979-1984 yillarda TIQXMII “Daryolar inshootlari va gidroelektrostansiyalar qurilishi” ixtisosligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1984-1987 yillarda Oʻrta Osiyo Irrigatsiya ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi injeneri, kichik ilmiy xodimi, 1987-1999 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida assistent, dotsent, boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1999-2018 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti iqtisodiyot va tadbirkorlik boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan. Xozirgi kunda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professori.
1991 yilda “Daryo oʻzanlaridagi gidravlik va loyqa rejimlarini oʻzgarishiga toʻgʻonsiz inshootlarning taʼsirini kuzatish” mavzusida nomzodlik va 2000 yilda “Tez yuviluvchan daryo oʻzanlarida deformatsiya jarayonlarini soniy xisoblash usullarini takomillashtirishni ilmiy asoslash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Unga 2000 yilda dotsent va 2015 yilda professor ilmiy unvonlari berilgan.
D.Bazarov “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovining “Mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi, “Gidravlika”, “Oʻzanlardagi jarayonlar” oʻrganishga bagʻishlangan 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanmasi, 1 ta elektron darslik, 1 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va 10 dan ortiq uslubiy qoʻllanmalar eʼlon qilgan. D.Bazarov rahbarligida 2 nafar fan nomzodi, 1 nafar falsafa doktori, 1 nafar magistr tayyorlangan. Uning shogirdlaridan 1 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovida gʻolib boʻlishga erishgan.
Ayni vaqtda D.Bazarov “Qozogʻiston-Nemis Universitetida “Suv resurslaridan integrallashgan tarzda foydalanish” xalqaro magistraturasida mahorat darslari olib bormoqda, Rossiya Federatsiyasining yetakchi turdosh Oliy oʻquv yurtlari bilan malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, tarmoqli taʼlim dasturining tashkil qilinishida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan iqtidorli olim. Amudaryoning yuqori oqimining boshqarilish sharoitida suv resurslarining samaradorligini oshirish va Haydarkoʻlni oquvchi koʻlga aylantirish boʻyicha ilmiy asoslangan konsepsiyalarning muallifi hisoblanadi.
D.Bazarov 2018 yil 1 dekabrdan “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan faydalanish” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Xasanov Baxriddin Baratovich
B.B.Hasanov 1983 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, muhandis-gidrotexnik mutaxassisligini olgan va institut aspiranturasining kunduzgi boʻlimiga oʻqishga kirgan. U, “Vibroudarno-peristalticheskiy sposob formovaniya trub dlya vodoxozyaystvennogo stroitelstva s modifikatsiyey svoystv betonnoy smesi i betona” nomli nomzodlik dissertatsiyasini 1988 yilda, “Svoystva i texnologiya osobovыsokoprochnogo betona nearmirovannыx osesimmetrichnыx izdeliy” nomli doktorlik dissertatsiyasini 1996 yilda Ukrainaning Pridneprovk qurilish va arxitektura davlat akademiyasida muvaffaqiyatli himoya qilgan, 2001 yildan professor ilmiy unvoniga ega. Umumiy mehnat faoliyati 47 yil, ilmiy-pedagogik faoliyati 39 yil.
B.B.Hasanov 1986-1988 yillarda institutning “Qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi” kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, 1988-1992 yillarda “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani oʻrinbosari, 1992-1999 yillarda “Qurilish mexanikasi” kafedrasi dotsenti, professori, 1999-2004 yillarda “Qishloq va soʻv xoʻjaligi ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi” kafedrasi mudiri va oʻrindoshlik asosida institut Ilmiy Kengashining ilmiy kotibi, 2004-2012 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasida “Texnika fanlari boʻyicha Ekspert Kengashi” ning ilmiy kotibi lavozimlarida ishlagan. 2012 yildan fakultet dekani lavozimida oʻquv, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy ishlarga rahbarlik qilish bilan bir vaqtda rektorat, institut Ilmiy Kengashi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti,Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.11.01 raqamli Ilmiy Kengash aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
B.B.Hasanov 1 potent va 1 avtorlik guvohnomasi, 70 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Uning rahbarligida 1 fan nomzodi va 10 dan ortiq magistrlar tayyorlangan,1 mustaqil tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
B.B.Hasanov siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi bilimlarini doimiy ravishda oshirmoqda hamda qishloq va suv xoʻjaligi uchun yuqori malakali qadrlar tayyorlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshmoqda.
B.B.Hasanov maʼnaviy yetuk, toʻgʻri soʻz, kamtarin, oʻziga, xodimlarga va talabalarga nisbatan talabchan hamda mehribon va gʻamxoʻr rahbar, doimiy izlanishdagi pedagog-olim. Oilali, 3 farzandning otasi va 5 nabiraning mehribon bobosi.
B.B.Hasanov 2001 yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” yubiley medali va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Isaqov Abdusaid Jalilovich
1972-yili Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida tug‘ilgan.
1994-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi Injener-elektrik.
Ilmiy darajasi Texnika fanlari doktori
MEHNAT FAOLIYАTI
1989-1994 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi
1994-1997 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlariinstituti qishloq xo‘jaligida elektr energiyasini qo‘llash kafedrasi o‘qituvchisi
1997-1999 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti aspiranti
1999-2006 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti qishloq xo‘jaligida elektr energiyasini qo‘llash kafedrasi assistenti, bo‘lim boshlig‘i, dekan o‘rinbosari
2006-2009 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti doktoranti
2009-2010 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti dotsenti
2010-2011 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining elektrotexnika va elektr
yuritma kafedrasi mudiri
2011-2017 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi direktori
2017-2018 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ALvaKXK bilan ishlash bo‘yicha prorektori
2018- h.v. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti dekani
Muratov Xakim Maxmudovich
1960- yili Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan.
1984-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligimuhandis-elektrik
Ilmiy darajasi Texnika fanlari doktori
MEHNAT FAOLIYАTI
1978-1979 yy.- Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani fermer xo‘jaligi a’zosi
1979-1984 yy.-Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti talabasi
1984-1998 yy.-Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti assistenti, aspiranti, dotsenti, dekani, doktoranti
1998-2000 yy.- Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti bo‘lim boshlig‘i
2000-2002 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i
2002-2006 yy. - «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
2006-2012 yy.- «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi «ORGRES» OAJ elektr markazi Boshlig‘i
2013-2016yy. - O‘zR FA Energetika va avtomatika instituti direktori
2016 - h.v. - “Uzbekenergo” AJ «Ilmiy - texnika markazi» direktori
Xidirov Parda Nazirovich
1980- yili Surxondaryo vil., Termiz tumanida tug‘ilgan.
2002 yilda bakalavr,2004 yilda Magistraturani Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutiyem tamomlagan.
2011- yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-elektrik.
MEHNAT FAOLIYATI
2005-2005yy. - “O‘zbekenergo” DAK “ToshkentET” OAJning “Energosotish” bo‘limida 2 toifali nazoratchi elektromontyor
2007-2012yy. -“O‘zbekenergo” DAK “Energosotish” filialining “Energiya rejimi va iste’molini tahlil qilish bo‘limi”da muhandis, 2-toifali muhandis, 1-toifali
muhandis va boshliq o‘rinbosari.
2012- 2014yy. -«O‘zbekenergo» DAKning Iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasida bosh iqtisodchi.
2017-2017 yy-«O‘zbekenergo» AJ “Energosotish” filiali direktori o‘rinbosari.
2017 y.- h.v.- «O‘zbekenergo» AJning Iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasida boshlig‘i
Egamberdiyev Dilshod Xudoyberdiyevich
1983 yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
2007yil Toshkentirrigatsiyavamelioratsiya instituti (kunduzgi)
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligimuhandis-elektrik
MEHNAT FAOLIYАTI
2003-2009 yy. – Toshkentirrigatsiya vamelioratsiya instituti talabasi
2008-2009 yy. –“O‘zbekenergo” DAK “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi “Markaziy magistral elektr tarmoqlari” korxonasi elektromontyori
2009-2012 yy. – “ORGRES” aksiyadorlik jamiyati elektr sexi muxandisi
2012-2013 yy. – “ORGRES” aksiyadorlik jamiyati texnika xavfsizligi va mexnat muxofazasi muxandisi
2013 y.- h.v. -“ORGRES” Aksiyadorlik jamiyatining Elektr sexi boshlig‘i
Pirimov Obid Jo‘rayevich
1980 – yili Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida tug‘ilgan.
2002-yiliToshkent Irrigatsiya Qishloq xo‘jaligini Mexanizatsiyalash injenerlar institutini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligiQishloq va suv xo‘jaligini energetikasi
MEHNAT FAOLIYАTI
1998-2002 yy.-Toshkent Irrigatsiya Qishloq xo‘jaligini Mexanizatsiyalash injenerlar institutitalabasi
2003-2004 yy. -Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo‘jaligini Mexanizatsiyalash injenerlar instituti Talabalar shaharchasida elektrik, “Elektrotexnikaning nazariy asoslari “kafedrasi katta laboranti
2004-2004 yy. -Toshkent Irrigatsiya Qishloq xo‘jaligini Mexanizatsiyalash injenerlar instituti qoshidagi “Talabalar shaharchasi”da elektr muxandisi
2004-2004 yy. – Xo‘jalik hisobidagi o‘lchov asboblari va avtomatikasi nazorati bo‘yicha maxsus ta’mirlash, ishlab chiqarish korxonasining 2-darajali elektromontyori
2004-2010 yy. - “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” issiqlik nazorati va avtomatika sexining elektro-stansiyalarini o‘lchov asboblarini va avtomatikasini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2-hamda 4-darajali elektrchilangari
2010-2011 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “Energosotish” filiali Energiya rejimi va iste’molini tahlil qilish bo‘limi 2- toifali muxandisi
2013-2014 yy. - “O‘zbekenergo” DAK “Energosotish” filiali Energiya rejimi va iste’molini tahlil qilish bo‘limi yetakchi muxandisi
2014-2015 yy. - “O‘zbekenergo” AJ “Energosotish” filiali Energiya rejimi va iste’molini tahlil qilish bo‘limi boshliq o‘rinbosari
2015-2017 yy. - “O‘zbekenergo” AJ “Energosotish” filiali Energiya rejimi va iste’molini tahlil qilish bo‘limi yetakchi muxandisi
2017 y. h.v. - “O‘zbekenergo” AJ “Energosotish” filiali Energiya rejimi va iste’molini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i
Eshonkulov Salim Latipovich
1967- yili Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan.
1993-yiliToshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti, imtiyozli tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi Muxandis elektrik
Mexnat faoliyati:
1984-1986 yy.- Urgut shoyi to‘qish fabrikasi ishchisi 1986-1988 yy - Xarbiy armiya xizmati
1988-1993 yy - Toshkent irrigatsiya va k;ishlok; xujaligiii mexaiizatsiyalashtirish instituta talabasi
1994 yy - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexaiizatsiyalashtirish instituta asisstenti
1995 yy - Urgut tuman agrosanoatuyushmasi -dispetcheri
2010 yy - “Samarqand elektrtarmoqlari” OAJ, Urgut TET ustasi,Urgut TET boshlig‘i, “Samarkand elektrtarmoklari” OAJ, viloyat energo sotish bo‘limi inspektori, Dexkonobod TET boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Samarqand shaxar yuridik iste’molchilar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, “Qarzdor ist’emolchilarni o‘chirish xizmati boshlig‘i.
2010-2012 yy - Urgut TET boshlig‘i.
18.06.2012 yildan “Toshkent elektr tarmoklari” OAJ GRP ASKUE bo‘limi boshlig‘i.
2014 y.-x.v -“Uzelektrtarmoq” UK ni EEU va XB boshlig‘i
Anarbayev Anvar Izatullayevich
1966 – yiliQashqadaryoviloyati, Qarshishahrida tug‘ilgan.
1988 – yili Toshkent irigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutini tamomlagan.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:Muhandis-elektrik
Ilmiy darajasi:texnika fanlari nomzodi
MEHNAT FAOLIYATI
1983-1988 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti talabasi
1988-1992 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti muhandisi
1992-1995 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti aspiranti
1996-1996 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti kichikilmiy xodimi
1996-1996 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika institutiilmiy xodimi
1996-2002 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti bo‘limi mudiri
2003-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti katta ilmiy xodimi
2006-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti grant rahbari
2011 y. - 2016 y. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti yetakchi ilmiy xodimi
2016 y. - h.v. - “Uzbekenergo” AJ«Ilmiy - texnika markazi» laboratoriya mudiri