Bitiruvchilar yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 9 dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida keltirilgan vazifalar hamda 2017 yil 22 dekabrdagi “Taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga” bag‘ishlangan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida bayon etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 2018 yil 6 aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bitiruvchilarining intellektual salohiyatlaridan foydalangan holda, egallagan mutaxassislariga muvofiq ishga joylashtirish ishlarini ta’minlash uchun hokimlik va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Bitiruvchi yarmarkasi” o‘tkazildi.

2017-2018 o‘quv yilida institutni jami 1590 nafar bitiruvchi talabalar tashkil qilib, shundan 1516 nafari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari 21 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha va 74 nafar magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 20 ta mutaxassislik bo‘yicha talalabalarni tashkil qiladi 

   Institutda tashkil qilingan “Bitiruvchilar yarmarkasi”da ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislariga mos ravishda “Ish beruvchi” tashkilotlarning 114 dan ortiq kadrlar bo‘yicha mas’ullari va yetakchi mutaxassislari qatnashdilar. Tadbirning e’tiborli jihatini shundan iboratki, barcha tashkilot va korxonalar hududlar kesimida ajratib chiqilganligidir. Bunda talabalar doimiy yashash joylaridagi korxona va tashkilotlarga murojaat qilib, o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan keyin, o‘zlarining viloyatlariga borib, mehnat faoliyatini yuritish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari talabalar va “Ish beruvchi” tashkilotlar o‘rtasida “Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi 3 tomonlama shartnomalar tuzildi. Tuzilgan shartnomalar umumiy talabalar soniga nisbatan 98 % ni tashkil qildi.