“Bo‘lajak elektriklarga elektr payvandlash uskunalari” haqida ma’ruza
26 mart 2018 yil 10.00 da institutimizning V o‘quv binosi – 401 auditoriyasida 3 kurs talabalariga “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti v.b. Xoliqnazarov O‘rolboy Abdurahmonovichning “Elektr payvandlash uskunalari va kavsharlar” mavzusida ochiq ma’ruza taqdim etdi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etdilar. Dars avvalida o‘qituvchi talabalarga Elektr payvandlash transformatori xaqida umumiy tushincha berib o‘tib quyidagilarni bayon qildi: Qo‘lda elektrik payvandlash uchun o‘zgarmas tokdan ham o‘zgaruvchan tokdan ham foydalanish mumkin. O‘zgarmas tokda payvandlashda elektrod manbaning “plyus”iga, buyum esa “minus”iga ulanishi; O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda esa payvandlanadigan buyum bilan elektroddan bir xil miqdorda issiqlik ajraladi. O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda bo‘r bilan suyuq shisha aralashmasidan iborat qatlam bilan qoplangan elektrodlargina ishlatiladi. Bu yoy yonishining turg‘unligini oshiradi, chunki yoy oralig‘ida ionizatsiya kuchayadi va elektrod suyuqlanganda hosil bo‘lgan gazdan himoya qobig‘i vujudga keladi. Bu bilan suyuq metal ximoyalanadi, hozirgi vaqtda STE-24 va STE-34 tipidagi payvandlash apparatlari, ayniqsa keng tarqalganligini aytib o‘tdi. Dars qiziqarli va jo‘shqin tarzda o‘tdi.
O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti