Bolalarga bering dunyoni!

Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram ko‘pchilik davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham e’tirof etiladi.

Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari va shaharlarida bu bayram bolalar huquqlari va ularni himoya qilish haqida munozara va ma’ruzalar o‘tkazish bilan nishonlanadi. Shuningdek, bolalar kunida turli-tuman quvnoq va madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, konsertlar o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti rahbariyati va fakultetning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faol yoshlari tashabbusi bilan 2019 yil 1 iyun kuni Toshkent viloyati Buka tumanida joylashgan 15-sonli Mexribonlik uyiga tashrif buyurishdi hamda o‘zlarining esdalik sovg‘alar bilan bolajonlarni xursand qilishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta tashabbusdan kelib chiqib mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kiyim-kechak, sport anjomlari, o‘quv qurollari hamda har xil kitoblar taqdim etildi.

Bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti boshlang‘ich tashkiloti ushbu ramazon oyida o‘z muruvvatini ayamagan insonlarga minnatdorchilik izhor etadi.

 

 

QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI ENERGIYA 
TA'MINOTI FAKULTETI
  dekani

t.f.d., prfessor  Abdusaid Jalilovich Isaqov  

ma'lumoti.