Bosh Vaziri o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musaev va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Urishovich Majidov institutga tashrif buyurishdi
2020 yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musaev Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Urishovich Majidov bilan birgalikda institutga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida institutda masofadan turib olib borilayotgan onlayn darslarning sifati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birgalikda institut o‘quv binolariga kirib professor-o‘qituvchilarning onlayn darslari bilan yaqin tanishdi. Institut laboratoriyalari va Case, John Deer, Rostselmash kabi qishloq xo‘jaligi mashinalari maxsus auditoriyalarini borib ko‘rdi hamda O‘zbekiston Respublikasi 5 tashabbusi asosida institutda yaratilgan sharoitlarni, shu jumladan, sport zallari, sport to‘garaklari bilan yaqindan tanishishdi. Talabalar turar joyidagi kutubxona va kompyuter sinfini ko‘zdan kechirishdi. Tashrif mobaynida o‘z mulohaza va takliflari bilan o‘rtoqlashildi.
TIQXMMI matbuot xizmati