Buxoroi sharifga sayohat
Talabalarning qishki ta’tilini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida 2018 yil yanvar oyida institut Kasaba uyushmasi tomonidan Kasaba uyushmasi faol a’zolari hamkorligida Buxoro viloyatiga sayohat uyushtirildi.
Talabalar Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan Said Amir Kulol va Bahovuddin Naqshbandiy ziyoratgohlarida bo‘lishdi. Bundan tashqari Buxoro shahrida joylashgan Ark, Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Labi hovuz kabi me’moriy obidalarni, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ta’til davomida maroqli dam olgan talabalar sayohatdan rosa mamnun bo‘lishdi va o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.
Sayohat orqali qilingan ziyorat talabalarni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi. Ular orasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch mustahkamlandi. Bunday yo‘sindagi tadbirlar, albatta, foydadan xoli bo‘lmasligi yana bir bor tasdiqlandi.
Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov