“Buyuk xalqning ulug‘ oqini”
2018 yil 27 aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari, Sergey Petrovich Borodin uy muzeyi xodimlari, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi, Boltaboev O‘tkir Mamatovich - Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman raisi Nazarov Shukur Nosirovichlar ishtirokida “BUYuK HALQNING ULUG‘ OQINI” mavzusidagi adabiy badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori Shavazov Qodirjon Ochilovich ochib, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markaz raisi ikki qardosh halqning milliy madaniy aloqalari haqida gapirdi.
Shuningdek taklif etilgan mehmonlar Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti filologiya fanlari doktori, professor Qozog‘iston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi Qaldibek Seydanov, Usenov Serikbay Nazarovichlar o‘zini tarjimonlik ishlarida qozoq shoiri Abay Qo‘nonboevni asarlarini o‘zbek tiliga tarjima etgani, Abay Qo‘nonboev haqida yozgan asarlari, chop etilgan kitoblari haqida ma’lumot berdilar. Tarjimon, yozuvchi Qozog‘iston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalqaro “Alashы” mukofoti sohibi Mehmon Islomqulov esa o‘zbek adabiyoti, qozoq adabiyotida o‘ziga xos uyg‘unlik, Abay Qo‘nanboevning ijodini o‘rganishda tarjimonlik borasida erishilgan yutuqlar haqida gapirib o‘tdi.
Sergey Borodin uy muzeyi direktori Axunova Gulchehra Baxadirovna Abay Qo‘nanboevning umuminsoniy qadriyatlar va mehr-oqibat tuyg‘ulari yuksak pardalarda tarannum etilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini inobatga olib hamda o‘zaro madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, el-yurtimizni qozoq adabiyotining ulug‘ namoyandalari ijodi bilan keng tanishtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Shuningdek, tadbirda Qozoq milliy madaniy markazi san’atkorlari hamda Toshkent davlat san’ati va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ijrosida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
GM fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov