Qizlar bilan davra suhbati
Qizlarning o‘ziga xos qiziqishi, muammolari va tashvishlari borligi ayon. Kuylakning bichimini bitta odam hal qilsa, muammoning yechimini jamoa hal qiladi. Xuddi shunday ma’noda o‘tkaziladigan tadbirlar ahamiyatlidir.
2018 - yil 13-aprel kuni institutda ta’lim olayotgan oilali talaba qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatiga “GM”, “I va M” hamda “EF va YeK” fakultetlarining oilali talaba qizlari qatnashishdi.
Fakultetlarning xotin-qizlari raislari va psixolog Narmetova Yulduz qatnashdilar. Ular ushbu talabalarga oilada har xil muammolar bo‘lib turishini, ayniqsa, qaynona bilan kelin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Talabalar ham o‘z navbatida o‘qish jarayonida sodir bo‘layotgan muammolar haqida gapirib o‘tdilar.
Institut xotin-qizlar kengashining raisi Z. Xafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.