Dehqonchilik sivilizatsiyasi

       O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tariximz haqida shunday so‘z aytgan edilar “O‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo‘yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi”.

       “Ibratli Ijodkor Insonlar” ruknidagi har dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan  ijodiy muloqot mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Sulaymonov Rustam Hamidovich  bo‘ldilar.

        Ijodiy muloqot  mavzusi  “Qadimgi sug‘orma dehqonchilik sivilizatsiyalari” deb nomlangan. Tadbirning  moderatori  ustoz Rahimboy Jumaniyozov bugungi mavzu doirasi bo‘icha muxtasar to‘xtalib o‘tdilar va nihoyat  intiqib kutilgan mehmonni davrga chorladilar.

       Sulaymonov Rustam Hamidovichning  tarix faniga qo‘shgan hissasi va qilingan ilmiy ishlari bo‘yicha moderator tomonidan to‘xtalib o‘tdilar. Shundan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Sulaymonov Rustam Hamidovichga so‘z berdilar. Rustam Hamidovich so‘zga chiqib olam va odam paydo bo‘lishi qadimiy tarix bo‘icha to‘xtalib o‘tdilar.

       Ko‘hna tarix o‘zining sir-sinoati bilan qiziqqan odamlar oldingi zamonda qanday hayot kechirgan  nima bilan shug‘ullangani borasida batafsil aytib o‘tildi. Deyl Karnegining o‘z kitoblaridan birida shunday yozadi: “Men qulupnay solingan muzqaymoqni yaxshi ko‘raman, baliqlar negadir chuvalchangni xush  ko‘radi, ertaga baliq oviga bormoqchiman men nima olib borishim kerak, - deb savol qo‘yadi. Albatta, chuvalchang olib boriladi. Chunki baliq qiziqadigan narsa bilan qiziqish zarur.  Deyl Karnegining so‘zida shunday ma’no anglashiladiki, davra ahlinig qiziqishini e’tiborga olgan holda so‘zlash lozim.

         Demak, Rustam Hamidovich davra ahliga ham asosiy mavzu bo‘yicha qadimgi dehqonchilik, sug‘orish, yerga bo‘lgan munosabatlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar. Rustam Hamidovich ma’ruzalaridan  davra ahli yangi-yangi ma’lumotlar oldilar. Rustam Hamidovichga institutimiz rahbariyati  tomonidan qimmatli vaqtlarini ayamasdan kelganliklari uchun minnatdorchilik izhor qilishdi.  

     

 

“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov