“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusigi ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2018 yil 11 aprel kuni institut madaniyat saroyida talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi Elyor Alimqulov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Norim Raxmonov, professor-o‘qituvchilar va 850 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirni Ma’naviy - ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektor Q.Shavazov kirish so‘zi bilan ochib tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashishni kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi yetakchisi E.Alimqulovga berdi, U o‘z ma’ruzasida bugungi kunda islom dinini niqob qilib noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorchilik tashkilotlari qo‘lida qurol bilan musulmon davlatlarida olib borayotgan xunrezliklar hamda ekstremistik qo‘llanmalar tarqatish orqali dunyo yoshlarini ongini zaharlab o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirishayotganligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda islom dinini niqob qilib, o‘zlarini musulmonman, deya qo‘poruvchilik, terrochilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, bugungi kun yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun o‘zining yaxshi xulqi, bilimi, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishish lozimligini, shuning bilan birga doimo ogoh bo‘lgan holda har birimiz yurtimizning tinchligi uchun mas’ulmiz, deya ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirning mavzusidan kelib chiqib, talabalarga so‘z berildi, Iqtisod va menejment fakultetining 3–bosqich talabasi M.Rahmatova o‘z so‘zida mamlakatimizda istiqlolga erishilgandan keyin yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida so‘zlar ekan, biz yoshlarni ma’nan yuksak, ruhan tetik, sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun ko‘plab qonun va farmonlar, qaror va farmoyishlar e’lon qilinganligini, “Ta’lim to‘g‘risida” gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunlar buning yaqqol misolidir, bu ishlardan pirovard maqsad, biz yoshlarning turli aqidaparastlar to‘riga ilinib qolmasligi, ular o‘rtasida “asr – vabosi” hisoblangan giyohvandlik va og‘ufurushlikka berilishlarning oldini olish hamda farzandlarimiz qalbini turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish ekanligini haqida gapirdi.

Tadbir davomida “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan  javoblar oldilar.