Dolzarb amaliy seminar

Amaliy seminarlarning natijadorligi har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi aniq. Chet el mutaxassislari bilan o‘tkazilgan xuddi shunday mazmundagi tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.

 Joriy yilning 5 mart kuni institutimizda YuNESKO tashkiloti tomonidan “O‘quv modullari hamda O‘zbekistonda suv xo‘jaligi mutaxassislarini malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish” mavzusida o‘tkaziladigan 3 kunlik amaliy seminar o‘z ishini boshladi.

  

Ushbu seminarda bir qator nufuzli davlat tashkilotlari, muassasalarining vakillari hamda yurtimizda faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar, jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
  • TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi;
  • BMTning O‘zbekistondagi agentligi;
  • BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD);
  • YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi;
  • Markaziy Osiyo suvni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiyasining ilmiy va axborot markazi, shuningdek, Xalqaro ekspertlar – Nepal davlatining “Chandra Engineering Consultants” kompaniyasi direktori Prasad Krishna va Niderlandiyaning MetaMeta kompaniyasi mutaxassisi Lenneke Knup hamda institutimizning suv xo‘jaligi bo‘yicha bir qator professor-o‘qituvchi va mutaxassislari ishtirok etmoqdalar.

         Mazkur seminar-trening joriy yilning 7 mart kuniga qadar davom etadi.

TIQXMMI Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ilxom Abduraxmanov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov