Dolzarb mavzudagi ilmiy seminar
Suv xo‘jaligi vazirligining «Erlar melioratsiyasi» boshqarma boshlig‘i N. Allaberganov o‘z xodimlari bilan birgalikda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 1-6 guruh hamda 13 - guruh talabalariga «Respublika sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holati yaxshilash chora-tadbirlari» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda bitiruvchi talabalarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotda, ishlab chiqarishda qo‘llash usullari va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bunda XXI asrda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ko‘nikmalar haqida to‘xtab o‘tildi. Ushbu mavzu talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi, ular shiddatli o‘zgarishlar davriga munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun nimalar ustida ishlashlari kerakligini bilib olishdi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savol berishda va savollariga to‘liq javoblar olishdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri, dotsenti B.Suvanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov