Favqulotda holatlarda suv omborlaridan foydalanish

Institutimiz G o‘quv binosi 104 auditoriyasida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Gapparov Furqat Axmadovich  29 mart 2018 yil 1-juftlikda 4 kurs talabalariga  “Favqulotda holatlarda suv omborlaridan foydalanish” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tib berdi.

Ochiq ma’ruzada  TIQXMMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi Narziev Jasur Jo‘raevich, “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi. O‘qituvchi ochiq ma’ruzani boshlar ekan avvalo “favqulotda holat” haqidagi talabalarning fikrlari bilan qiziqdi. Talabalar o‘z fikrlarini bayon qilishgach, o‘qituvchi aniq asoslangan tushunchani izohlab, o‘tgan yillarda bo‘lib o‘tgan Favqulotda vaziyatlar sabablari, oqibatlarini keltirib o‘tdi:

2009 yil 17 avgust kuni  Rossiya davlatidagi Soyano-Shushenskiy GESning mashina zalida yirik avariya yuz bergan, natijada 74 ga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi, bundan tashqari ushbu mamlakatga katta iqtisodiy zarar olib kelgan;

2010 yil 12 mart kuni Qozoqiston Respublikasi Almata viloyati Aksus tumanidagi  42 mln. m3 hajmli Qizilyag‘ach suv ombori tug‘onining o‘pirilishi natijasida 3 mingga yaqin aholi yashaydigan qishloqni 257 ta turar joylarini suv bosdi va natijada 100 kishi hayotdan ko‘z yumgan;

Mavzu bosqichma-bosqich ochib berilib, talabalar bilan birgalikda o‘rganib chiqildi.  Ma’ruza so‘ngida talabalar Favqulotda holatlarga tayyor turish, Favqulotda holatlarda suv omborlaridan foydalanish haqida bilimlarni bilib oldilar.

O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti