“Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy anjumani onlayn tarzida o‘z ishini boshladi.

2020 yil 14 may kuni soat 10:00 da Тoskent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy anjumani onlayn tarzida o‘z ishini boshladi.

Institut rektori i.f.d., professor O‘.P.Umurzakov o‘z tabrik so‘zi bilan anjumanni ochib berdi.

 

 

Ilmiy – amaliy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiantlari 2-kurs magistri B.Xafizovning “Sovershenstvovanie organizatsionno – ekonomicheskogo mexanizma razvitiya innovatsionnыx protsessov a APK” hamda 3-kurs doktoranti S.Eshmatovning “Meva-sabzavotchilikda terimdan keyingi boshqaruvni takomillashtirish” mavzusidagi taqdimotlari muhokamasi bilan boshlandi.

TIQXMMI matbuot xizmati